17:40 / 10.05.2020
87371

Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi holatlar asosan Samarqand va Toshkentda qayd etilmoqda

O‘zbekistonda 10 may kuni soat 16:55 holatiga ko‘ra, kun davomida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 62ta yangi holat qayd etildi. Shundan 61tasi Toshkent shahrida, 1tasi Samarqandda aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida qayd etilgan 61ta holatdan 53tasi xorijdan kelib, karantinga joylashtirilganlar orasida qayd etilgan. 8 bemor esa avvalroq koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan bemorlar bilan aloqa tufayli koronavirus yuqtirgani aniqlangan.

Samarqandda qayd etilgan birgina holatda bemor koronavirusga chalingan boshqa bemorlar bilan aloqa qilish orqali virusdan zararlangan.

Qayd etish kerakki, so‘nggi ikki haftada faqat Samarqandda har kuni yangi holatlar aniqlanmoqda.

Samarqandda 27 apreldan buyon jami 130 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan, 69 kishi tuzalgan.

Toshkentda esa 27 apreldan buyon jami 222 kishida kasallik aniqlangan (o‘tgan ikki hafta ichida faqat 2 may kuni yangi holatlar qayd etilmagan), 339 kishi tuzalgan.

Bugun hozircha jami 24 bemor tuzaldi va jami tuzalganlar soni 1870 nafarga yetdi, bu esa umumiy zararlanish holatlari (2411)dan 77 foizi sog‘aygani demakdir.

Ayni vaqtda koronavirusdan xoli bo‘lgan Jizzax va Qashqadaryodan keyin Andijon viloyati ham bu natijaga yaqinlashmoqda - viloyatda shu vaqtgacha qayd etilgan 166 bemordan 158 nafari sog‘aygan - 95 foiz. Andijonda 3 may kunidan buyon faqat bir kunda - 8 may kuni bitta yangi holat qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top