10:01 / 10.05.2020
36335
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2400ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 38 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 10 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2387 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi haftalarda yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘lmoqda. 9 may kuni jami 24ta yangi holat qayd etilib, 71 nafar bemor tuzalgandi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1846 nafarni tashkil etmoqda, ayni vaqtda shifoxonalarda 531 bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top