19:09 / 10.05.2020
24203
Qoraqalpog‘istonda 5 bemor qoldi, O‘zbekiston bo‘ylab kasallikdan tuzalganlar soni 1900ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston va Farg‘onada koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari tuzalgani, jami tuzalganlar soni 11taga oshib, 1881 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi ushbu hududdan (6 nafari Nukus shahridan, 2 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2 yoshda.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 101 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 109 nafarni tashkil etmoqda. Yana 5 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Farg‘onada 3 kishi tuzalgan, ulardan 27 yoshli farg‘onalik ayol koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Andijon viloyatidan bo‘lgan 23 yoshli ayol va uning 2019 yilda tug‘ilgan chaqalog‘i Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishidagi charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 

Viloyatda shu paytga qadar 136 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 139 nafarga yetdi. Yana 19 bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Shu tariqa, bugun kasallikdan tuzalganlar soni 35 nafarga yetdi va hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 1881 nafarni tashkil etmoqda. Jami 520 bemor shifoxonalarda davolanishni davom ettirmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top