11:49 / 10.05.2020
17297
Xitoy koronavirus tarqalishiga javob berishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi

Xitoy koronavirus tarqalishiga javob berishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi. Shu sababli endi mamlakatda epidemiyalarning oldini olish va ularga qarshi kurash tizimi isloh qilinadi.

Foto: REUTERS/Aly Song

Bu haqda Xitoyning sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiyasi rahbari o‘rinbosari Tszi Bin ma'lum qildi. 

Uning ta'kidlashicha, koronavirus tarqalishi Xitoy hukumatiga jiddiy muammo bo‘lgan va mamlakat sog‘liqni saqlash hamda favqulodda vaziyatlarga javob berishdagi tizimida kamchiliklar borligini ayon qildi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha,  Xitoy o‘z sog‘liqni saqlash tizimidagi zaif joylarni bartaraf etish uchun sohani isloh qiladi. 

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top