01:48 / 11.05.2020
2899
2020 yilgi Kann kinofestivali bekor qilindi
Foto: EPA

Dunyoning eng nufuzli kinofestivallaridan biri bo‘lgan Kann kinofestivali koronavirus sababli joriy yilda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. 

Bu haqda festival tashkiliy qo‘mitasiga tayanib Variety nashri xabar berdi.  

Rejaga ko‘ra, festival 12-23 may kunlari o‘tkazilishi kerak edi. Biroq epidemiya sababli uni iyun oxiriga o‘tkazishga qaror qilingan va bu hali yakuniy qaror emasligi aytilgan. Fransiyada koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi kamida 10 iyulgacha uzaytirildi va shu sababli festivalni kuzda o‘tkazish ham qiyin bo‘lishi mumkin edi. Shu bilan birga, tashkilotchilar festivalni virtual tarzda o‘tkazishni istashmagan. 

Ta'kidlanishicha, festival uchun tanlab olingan filmlar boshqa festivallarda, jumladan Venetsiyada namoyish qilinadi. Bu filmlar ro‘yxati iyun boshida e'lon qilinadi.

1946 yildan beri o‘tkazib kelinadigan festival bungacha 3 marta bekor qilingan: 1948 va 1950 yillarda mablag‘ yetmagani, 1968 yilda esa Fransiyani qamrab olgan ommaviy tartibsizliklar sababli bekor qilingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top