16:17 / 11.05.2020
73694

Andijon viloyat transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Andijon viloyat transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.A. pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi, deb Kun.uz`ga ma'lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Illyustrativ foto

Xabar qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan fuqaro K.K.ning murojaatiga asosan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

«Andijon viloyat transport boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i M.A. fuqaro K.ning maxsus ruxsatnomasiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatib kelayotgani holati bo‘yicha jarima maydonchasiga qo‘yilgan «Neksiya» rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish hamda holat yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 1 mln so‘mni fuqaro M.Sh. orqali pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan», – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Namanganda 30 sotix yer uchun tadbirkordan 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Namangan shahridan yer ajratib berishni va'da qilib, tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi.

Xabar qilinishicha, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasiga yakka tartibdagi tadbirkor A.X. murojaat qilib, «M.» ismli shaxs Namangan shahar Mashad mavzesidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 0,3 gektar yer maydoni olib berish masalasini hal qilish evaziga undan 5 ming dollar talab qilib, avans tariqasida oldindan 500 dollar berishini so‘rayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

«Tadbirkorning vajlarini tekshirish maqsadida Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Sh. YaTT A.X.dan yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yuqoridagi manzildan 0,3 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 300 dollar va 1,9 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan», – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top