13:12 / 11.05.2020
21339
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1900dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan va Buxoroda jami 39 nafar tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.

Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (8 nafari Namangan shahridan, 6 nafari Uychi tumanidan, Norin va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Viloyatda shu paytga qadar 179 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 195 nafarga yetdi.

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 23 nafar bemor to‘liq sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ularning 15 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 

Hududlar kesimida olinsa, Buxoro viloyatidan 9 nafar, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahridan 3 nafardan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 13 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yosh.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 404 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 427 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar soni 13 nafarni tashkil etmoqda. Ya'ni, ushbu viloyat ham koronavirusdan xoli hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1920 nafarga yetdi.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top