10:00 / 11.05.2020
41074
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2453taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 35 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 11 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2453 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

21 apreldan beri yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘layotgandi.

10 may kuni jami 69ta yangi holat aniqlanib, 35 bemor tuzaldi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1881 nafarni tashkil etmoqda, ayni vaqtda shifoxonalarda 562 bemor davolanmoqda.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda koronavirusdan davolanayotganlarning 6 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top