23:18 / 11.05.2020
25013
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2486taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 4 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 11 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2486 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

21 apreldan beri yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘layotgandi.

10 may kuni bu tendensiya buzilib, jami 69ta yangi holat aniqlanib, 35 bemor tuzalgandi.

Bugun esa 68ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 107 kishi tuzaldi.

Ayni vaqtgacha jami 1988 kishi tuzalgan, 488 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top