16:24 / 11.05.2020
27442
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2500ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 11 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2482 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

21 apreldan beri yangi zararlanish holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bo‘layotgandi.

10 may kuni bu tendensiya buzilib, jami 69ta yangi holat aniqlanib, 35 bemor tuzaldi.

Bugun esa hozircha 64ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 101 kishi tuzaldi.

Ayni vaqtgacha jami 1982 kishi tuzalgan, 490 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top