16:05 / 11.05.2020
18685
O‘zbekistonda yana 62 bemor tuzaldi, Farg‘ona virusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Sirdaryoda yana 62 bemor koronavirusdan sog‘aygani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Samarqand viloyatida 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan va 2 nafari Oqdaryo tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 70 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda. 

Ayni paytga qadar ushbu viloyatda 80 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 94 nafarga yetdi.

Farg‘ona viloyatida 11 nafar kishi tuzalgan. Ularning ham barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Oltiariq tumanidan, 4 nafari Quva tumanidan, Marg‘ilon shahri va Rishton tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, ulardan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda. 

Viloyatda shu paytga qadar 139 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 150 nafarga yetdi.

Vazirlik ma'lumotida ta'kidlanishicha, hozirgacha ushbu hududda 158ta holatda koronavirus qayd etilgan bo‘lsa, bir nafar vafot etgan bemordan tashqari, ayni paytda 7 nafar bemor davolanmoqda. Shunday qilib, ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Bugun Toshkent shahridagi davolash muassasalarida 36 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent shahrida tuzalganlarning 26 nafari Toshkent shahridan, 4 nafari Farg‘ona viloyatidan, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 26 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 7 nafari Rossiyadan, 3 nafari esa Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 28 nafari erkak, 8 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 2019 yilda tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 575 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 611 nafarga yetdi.

Sirdaryo viloyatida tuzalgan 40 yoshli erkak Yangiyer shahridan bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 13 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 14 nafarga yetdi. 

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 101 nafar bemor butunlay tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1982 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top