09:00 / 11.05.2020
13251
Reklama

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi uchun infraqizil analizatorlar! Afzalliklar bisyor – tez, qulay, arzon!

Daniyaning FOSS ANALYTICS va Shvetsiyaning PERTEN INSTRUMENTS kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi (Qozog‘istondan tashqari) rasmiy dileri hisoblangan “Hayitov” MChJ qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun infraqizil analizatorlarni taqdim etadi.

Yevropaning bu ikki kompaniyasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun infraqizil analizatorlar ishlab chiqaradi. Infraqizil analizatorlarning qator afzalliklari bor. Ayni paytda O‘zbekistonda qo‘llanayotgan kimyoviy analizlardan bir ustunligi yuqori tezligida.Kimyoviy analiz bir necha soat vaqt talab qiladi, bizning analizatorlar esa uzog‘i bilan 1 daqiqada barcha parametrlarni aniqlab beradi.

Analizatorlar juda yuqori aniqlikda ishlaydi, aniqlik darajasi kimyoviy analiznikidan 0,001%dan ortiq farq qilmaydi.

 Misol tariqasida, muhim mahsulot bo‘lgan bug‘doyning narxini bozor tamoyillari asosida belgilash uchun uning xususiyatlarini tezlik bilan aniqlash zarur.Bunda barchaga "Infratek1241" infraqizil analizatori qo‘l keladi. U bug‘doy va boshqa bir qancha donli mahsulotlarning barcha xususiyatlarini bir daqiqada, juda yuqori aniqlik bilan aniqlab beradi.

 Biz analitik yechimlar taklif qiladigan sohalar:

1. Donli mahsulotlar savdosi va ularni qayta ishlash (un, kombikorm, yem ishlab chiqarish);

2. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish;

3. Go‘shtni qayta ishlash va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish;

4. Yog‘-moy sanoati(paxta, kungaboqar, soya, makkajo‘xori va boshqa turdagi moyli o‘simlik urug‘lari va ularni qayta ishlash. Yog‘ ishlab chiqarish jarayonini to‘liq nazorat qilish);

5. Hayvon yemlari, baliq yemi, qush yemlarini ishlab chiqarish;

6. Turli ichimliklar ishlab chiqarish;

7. Shirinliklar ishlab chiqarish (jumladan, Mars kompaniyasi to‘liq FOSS analizatorlaridan foydalanadi);

8. Makaron, chips va boshqa ko‘plab turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabilardir.

 Infraqizil nurli analizatorlarni ishlatish natijasida ishlab chiqarish jarayoni to‘liq nazoratga olinadi, qisqa muddat ichida juda yuqori aniqlikdagi ma'lumotlar ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ri va tezkor qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Paxta yog‘i ishlab chiqarishda chiqit sotib olishdan boshlab to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq nazorat qilish, sifatli xomashyoni adolatli narxlarda sotib olish imkonini beradi, barcha sohalarda xomashyoni sotib olishdan oldin tekshirib olish, sifatiga qarab pul to‘lash mumkin bo‘ladi.

 Infraqizil analizatorlarning ustunliklari:

·        Ular orqali tahlil qilish juda yuqori tezlikda, ko‘pi bilan bir daqiqada yakunlanadi;

·        Qimmatbaho kimyoviy reagentlarga xarajat qilinmaydi;

·        Analizni olib boradigan xodim uchun malaka talablari juda yuqori emas;

·        Yuqori sifatdagi analizatorlardan foydalangan holda tadbirkorlarimiz jahon standartlariga to‘la javob beradigan, eksportbop sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishlari mumkin bo‘ladi.

 Telefon: +998909075800/Telegram/WhatsApp

Website: www.hayitov.com

Email: alisher@hayitov.com info@hayitov.com

Reklama huquqi asosida

Top