22:37 / 11.05.2020
10473
Tehron harbiy mashg‘ulotlardagi hodisa oqibatida 19 harbiy halok bo‘lganini ma'lum qildi 

Eronda dengiz mashg‘ulotlari vaqtida fregatning yordamchi kemaga yanglish tarzda raketa otishi oqibatida 19 harbiy halok bo‘lgan, 15 nafari jarohat olgan. 

Foto: Anadolu

Avvalroq voqea Ummon ko‘rfazida yuz bergani, uning davomida Jamaran fregati Eron flotiga qarashli boshqa bir kema - Konarak’ga kemalarga qarshi raketa bilan shikast yetkazgani va natijada u cho‘kib ketgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, ko‘ngilsizlik oqibatida 20 dan 40 gacha kishi halok bo‘lgani, o‘nlab odamlar jarohat olgani ta'kidlab o‘tilgan.

Ma'lum qilinishicha, Eron rasmiylari kema cho‘kib ketganini rad etishmoqda. Fars axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlangan kema voqea tafsilotlarini o‘rnatish uchun portga olib ketilgan. Kemaning zarbaga uchrashiga u suvda o‘zi o‘rnatgan nishonga juda yaqin turgani sabab bo‘lgani taxmin qilingan. Biroq eronlik harbiylar ushbu ma'lumotni na tasdiqlashgan, na rad etishgan. 

47 metr uzunlikka va 40 tonna suv sig‘imdorligiga ega bo‘lgan Konarak Niderlandiyada ishlab chiqarilgan va 1988 yildan beri Eron floti qurollanishida turgan. 2018 yilda kema ta'mirdan chiqarilgan.

Top