08:09 / 11.05.2020
116819
Uhanda koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda

Xitoyda o‘tgan bir kun ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 17 ta yangi holat va kasallikning hech qanday alomatlariga ega bo‘lmagan 12 kishi qayd etildi. Kasallanish holatlaridan beshtasi Uhanga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: REUTERS

Bu haqda Xitoy davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma'lum qildi.

Kasallanganlardan 10 nafari mamlakat ichida virusni yuqtirib olgan, jumladan koronavirus ilk bor dekabrda qayd etilgan Uhanda ular 5 kishini tashkil qilmoqda. 

10 may kuni koronavirus Uhanga yana qaytgani va u bir kishida aniqlangani ma'lum qilingandi. Bu yerda 3 apreldan beri yangi kasallanish holatlari qayd etilmayotgandi. Shu tariqa, shaharda kasallanganlar soni 6 kishiga yetgan va ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.

Yana 7 ta kasallanish holatida virus xorijdan kelganlarda aniqlangan. Barcha 12 ta alomatsiz holat mamlakat ichida qayd etilgan. 

Shuningdek, mamlakatda oxirgi kun ichida koronavirusdan o‘lim holatlari qayd etilmagan.

Tibbiy muassasalarda 141 kishi davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir deya baholangan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top