10:11 / 12.05.2020
4634
Chinozda velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 11 may kuni soat 20:30larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 63-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 y.t. G‘.M. Isuzu SAZ NP 21 rusumli avtobusda Sirdaryo viloyatidan Yangiyo‘l shahri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida qarshisidan kelayotgan transport vositalari yoritgichlari yo‘lni ko‘rish imkoniyatini kamaytirgani sababli bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 1987 y.t. A.Sh.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosipedchi, 1987 y.t. A.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, shahar hududida transport vositasi tezligini me'yoridan oshirmasligingizni, yaqinni yoritish chiroqlaridan foydalanishingizni, piyoda va velosipedchilarga e'tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.  

Top