09:47 / 12.05.2020
6756
Ilon Mask taqiqlovga qaramay o‘z zavodini ishga tushirdi va buning uchun faqat o‘zi hibsga olinishi kerakligini aytdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask mahalliy hokimiyat taqiqloviga qaramay Kaliforniyadagi Tesla zavodini ishga tushirdi. U kimnidir bu ish uchun hibsga olish kerak bo‘lsa, o‘zini hibsga olishni so‘ragan. 

Foto: REUTERS

Mask bu haqda tvitterda yozgan. Ta'kidlanishicha, gap Frimontdagi elektromobillar yig‘iluvchi zavod haqida bormoqda.

“Tesla Alamida okrugi ko‘rsatmalariga zid ravishda, bugun ishlab chiqarishni qayta boshlamoqda”, deb yozgan tadbirkor. Maskning yozishicha, u zavodda bo‘ladi va kimnidir hibsga olishga kelgudek bo‘lsalar, bu o‘zi bo‘lishini so‘ragan.  

Mask yana bir tvitida Kaliforniya ma'muriyati AQShdagi boshqa avtokompaniyalar ochilishini ma'qullagani, biroq uning zavodiga ruxsat tegmanini ma'lum qilgan. U vaziyatni chalkash deb atagan. 

Zavoddagi ish koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar sababli 23 martda to‘xtatilgan. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom 7 may kuni shtatning ba'zi qismlaridagi korxonalarga 8 maydan ishni boshlashga ruxsat bergan. Biroq Frimont shahri joylashgan Alamida okrugi sanitariya xizmati Maskning zavodiga ishni boshlashni taqiqlagan. Shundan keyin tadbirkor kompaniya okrugga qarshi sudga arz qilishini va bosh qarorgohini Kaliforniyadan Texas va Nevadaga ko‘chirishini aytgan.

Tesla’ning Frimontdagi zavodida 10 mingdan ko‘proq odam ishlaydi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top