20:18 / 12.05.2020
3562
Ispaniyalik 113 yoshli ayol koronavirusdan sog‘aydi

Ispaniyaning eng keksa ayoli, 113 yoshli Mariya Branias koronavirusdan sog‘ayib ketdi.

Foto: Tvitter

Bu haqda uning yaqinlari tvitterda ma'lum qilishdi.

Ta'kidlanishicha, momo oxirgi 20 yil davomida Jirona provinsiyasidagi qariyalar uyida yashab keladi. Aprelda unda koronavirus alomatlari paydo bo‘lgan. Kasallik yengil o‘tgan. May boshida esa shifokorlar ayolning sog‘ayib ketganini tasdiqlashgan.

Ayol kasalligi vaqtida o‘z xonasida izolyatsiyada qolgan va muntazam ravishda oila a'zolari bilan telefon orqali muloqot qilib turgan.

Ammo baxtga qarshi, ayol yashagan qariyalar uyida bir necha kishi koronavirusdan vafot etgan.

Branias 2019 yildan beri Ispaniyaning eng keksa ayoli hisoblanadi. U 1907 yilda AQShning San-Fransisko shahrida ispan muhojirlari oilasida dunyoga kelgan. Ma'lum vaqtdan keyin uning oilasi Ispaniyaga qaytgan. 1937 yilda ayol shifokorga turmushga chiqqan. Hozirda uning 3 farzandi, 11 nabirasi va 13 abirasi bor. Mariya o‘zining uzun hayoti davomida 1918 yildagi qirg‘inbarot “ispan grippi” va 1936-1939 yillardagi fuqarolik urushini boshdan o‘tkazgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top