21:12 / 12.05.2020
19499
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2040 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Xorazm va Namanganda koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar va Namangan viloyatida 5 nafar, jami 30 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida jami 52 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2040 nafarni tashkil etmoqda. 

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2519 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 469 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top