16:21 / 12.05.2020
22600
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2519taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 10 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2519 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni vaqtgacha jami 1996 kishi tuzalgan, 521 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top