23:10 / 12.05.2020
26615
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2547taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 12 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2547 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun jami 61ta yangi holat aniqlandi va 52 bemor tuzaldi.

Ayni vaqtgacha jami 2040 kishi tuzalgan, 497 bemor shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top