08:33 / 12.05.2020
28960

Qirg‘iziston Sardoba suv ombori o‘pirilishi natijasida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yubordi

Qirg‘iziston hukumati Sardoba suv ombori qisman o‘pirilishi natijasida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yubordi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, insonparvarlik yordami ortilgan poyezd Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi I.Junusov va Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirligining vakili kuzatuvi ostida Yangiyer shahrining Yangi-Yangiyer temiryo‘l stansiyasiga yetib kelgan.

Bildirilishicha, bu yerda delegatsiyani viloyat hokimi G‘.Mirzayev boshchiligidagi mas'ullar kutib oldi.

Qayd etilishicha, mazkur insonparvarlik yordamidan 1000 tonna sement, 100 tonna guruch va 10 tonna o‘simlik yog‘i o‘rin olgan.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top