00:09 / 12.05.2020
8962
Singapurlik olimlar pandemiya yakunlanishi bo‘yicha bergan barcha prognozlarini bekor qilishdi

Singapurning texnologiya va dizayn universiteti turli davlatlarda pandemiya yakunlanishi bo‘yicha bergan prognozlari jadal o‘zgarayotgan vaziyat sababli boshqa dolzarb emasligini ma'lum qildi.

Universitet saytida prognozlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerakligi, chunki ular tabiatan aniq emasligi haqida xabar paydo bo‘lgan. “Ba'zi prognozlarga asoslangan haddan tashqari optimizm xavfli, chunki u intizomni susaytirib, virus tarqalishiga olib kelishi mumkin”, deb aytilgan xabarda

Tadqiqotchilar javobgarlikdan bosh tortib, boshqa universitet va davlatlardagi hamkasblari taqdim qilayotgan jadvallarga nazar solishni taklif qilishgan. 

Singapurlik olimlarning uslubi yuqumlik kasallik tarqalishining matematik modeli - SIR-modelga asoslangan bo‘lgan. U muayyan davlatdagi kasallikka moyillar, kasallanganlar va sog‘ayib ketganlar dinamikasini ifodalagan. Unda aholi soni, virus yuquvchanligi koeffitsiyenti, bir kunda kasallanganlarning ko‘payishi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Singapurlik olimlarning prognozlariga ko‘ra, Rossiyada pandemiya avgustda, AQShda esa sentyabrda yakunlanishi ma'lum qilingan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top