16:00 / 12.05.2020
3248
«Wondernet Express»: «Saxovat va ko‘mak» aksiyasi muhtojlar og‘irini yengil qilmoqda
Foto: Wondernet Express

Butun dunyo uchun murakkab kechayotgan bugungi kunlarda, koronavirusga qarshi kurash davom etayotgan bir paytda O‘zbekiston ahli yanada jipslashib yana bir sinov – Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etmoqda.

«Wondernet Express» xalqaro kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridagi yordamga muhtoj oilalarga manzilli yordam bilan birgalikda suv toshqinidan jabr ko‘rgan oilalarga ham 300 mln so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatildi.

Xususan, «Wondernet Express» kompaniyasining birinchi ijtimoiy yordam dasturi doirasida dunyo bo‘ylab e'lon qilingan pandemiya davrida, kompaniya muassislaridan biri – Dmitriy Abdushelishvili, o‘zi respublika hududidan tashqarida bo‘lishiga qaramay, samimiy mehribonlik va insoniy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish istagini bildirdi, shu asosda, kompaniyaning Toshkentdagi hammuassisi Alisher Ikromovning tashkiliy ko‘magi ostida 2020 yilning 9 aprel kuni xayriya ishlari bo‘yicha Yagona muvofiqlashtiruvchi markazga qiymati 100 mln so‘mlik tovuq go‘shti va o‘simlik yog‘lari yetkazib berildi.

Bu yordam boshqa birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda 1197 qisqa raqami orqali yordam so‘ragan kam ta'minlangan, muhtoj oilalar, keksa insonlarga tarqatildi.

«Wondernet Express» kompaniyasining ezgu tashabbusi 6 va 9 may kunlari o‘tkazilgan «Saxovat va ko‘mak» nomli keng ko‘lamli xayriya aksiyasida davom ettirildi va alohida xarid qilinib, 800ta maxsus eng zarur oziq-ovqatlar to‘plami tayyorlandi. To‘plamdan bug‘lab pishirilgan go‘sht, sariyog‘ va o‘simlik yog‘i, shakar, un, makaron, choy, tuz, kolbasa, xurmo, novvot, guruch, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa mahsulotlar o‘rin olgan.

600ta to‘plam poytaxtdagi muhtoj oilalarga yetkazish uchun xayriya ishlari bo‘yicha Yagona muvofiqlashtiruvchi markazga olib borildi va bir qism to‘plamlar «Wondernet Express» kompaniyasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanidan yordam so‘raganlarga bevosita yetkazib berildi.

Shu bilan birga, shu paytning o‘zida 200ta to‘plam Sirdaryo viloyatida suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish punktiga olib borib borib berildi va bu partiya mahsulotlar ham bir necha soat ichida evakuatsiya qilinganlarga yetkazildi.

Ta'kidlash joizki, «Wondernet Express» logistika kompaniyasi xayriya faoliyatini doimiy asosda olib boradi hamda turli qatlamlardagi muhtoj insonlarga har xil yo‘nalishlar bo‘yicha yordam berib keladi. Jumladan, joriy yilda poytaxtdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga bemorlarni manzilga yetkazish uchun shu paytga qadar markazda bo‘lmagan, so‘nggi rusumdagi texnikalar bilan jihozlangan tibbiy avtomobil taqdim etildi. Gematologiya va qon quyish shifoxonasida davolanayotgan bolajonlarning ota-onalariga kompaniya xodimlari tomonidan bir necha yillardan buyon zarur dori-darmonlar har oy muntazam yetkazib turiladi.

Yaqin vaqt ichida «Wondernet Express» kompaniyasi tomonidan Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga gemodializ apparati yetkazish va o‘rnatish rejalashtirilgan.

Top