10:11 / 13.05.2020
6737
Buxoroda firibgarlik holati qayd etildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Joriy yilning 11 may kuni Buxoro shahar IIB TBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Ularga ko‘ra, firibgarlik holati qayd etilgan. Ma'lum qilinishicha, 2019 yil 1 iyun kuni Dilkusho ko‘chasida yashovchi F.Yu. G‘ijduvon tumani “Labirut” MFYda yashovchi R.B.dan unga tegishli bo‘lgan Buxoro shahri A. Jomiy ko‘chasidagi uyning xonadonlaridan birini 19.000 AQSh dollariga sotib olishlikni kelishib, oldindan 10.000 AQSh dollarini R.B.ga berib, uyni o‘zining nomiga rasmiylashtirib oladi. 

U pulning qolgan qismini, ya'ni 9.000 AQSh dollarini berish o‘rniga 2019 yil dekabr oyida F.Yu. uyni boshqa shaxsga sotib yuboradi. Jabrlangan shaxs ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qiladi. Xodimlarning sa'y-harakatlari tufayli F.Yu. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top