14:15 / 13.05.2020
28135
O‘zbekiston Tojikistonga tez yordam avtomobillarini yubordi

Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlangan. 

Foto: UzAuto Motors

Maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun Tojikistonga Damas avtomobili negizida tez yordam avtomobillari yuborildi.

UzAuto Motors xabariga ko‘ra, har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlangan. Keyinchalik tibbiy muassasalar orasida tarqatish uchun avtomobillar Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.

Bildirilishicha, Damas avtomobili negizida ushbu maxsus transport vositasini ishlab chiqarish UzAuto Motors tomonidan 1996 yildan beri yo‘lga qo‘yilgan. 

Tez yordam mashinalari tibbiy xodimlar hamrohligida bemorlarni tashish uchun mo‘ljallangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top