22:00 / 13.05.2020
6383
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2100ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston, Samarqand Buxoro va Xorazmda 30 kishi koronavirusdan tuzalgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar soni 110 nafarga yetgan, Xorazmda 210 nafar, Buxoroda esa 433 nafar kishiga javob berilgan.

Samarqand viloyatida shu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan  bo‘lsa, ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sog‘aydi, bir bemor vafot etdi. Ayni paytda viloyatda 100 nafar bemor davolanmoqda.

Bundan avvalroq Farg‘onada 6 nafar bemor tuzalib, viloyatda koronavirusga chalingan bir bemor qolgani xabar qilingandi.

Bugun kun davomida 36 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2076 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2596 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top