10:00 / 13.05.2020
7087

Tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ichki va tashqi bozorlardagi mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida vazifasi muayyan toifadagi tovarlar bilan savdo qilishda bojxona imtiyozlarini optimallashtirish bo‘yicha istiqbolli takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

Joriy yilning 12 may kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov raisligida Tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish va xalqaro savdoning umum qabul qilingan me'yorlari va qoidalari, jumladan, JST bitimlarini hisobga olgan holda tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullaridan foydalanishni nazarda tutuvchi "Yo‘l xaritasi" ko‘rib chiqildi.

Bu chora-tadbirlar aksiz siyosatidagi o‘zgarishlarning iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga salbiy ta'sirini kamaytirishga qaratilgan. “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston tomonidan xalqaro shartnomalar doirasida qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishini ta'minlashga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, ichki va tashqi bozorlardagi mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida vazifasi muayyan toifadagi tovarlar bilan savdo qilishda bojxona imtiyozlarini optimallashtirish bo‘yicha istiqbolli takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida kengash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarning tanqidiy tahlili amalga oshirildi, natijada ushbu organning samaradorligini oshirish, bozor jarayonlari dinamikasiga tezkor javob berish hamda tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish sohasida tegishli choralarni o‘z vaqtida qabul qilishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.

Top