21:42 / 13.05.2020
2898
Yevrokengash rahbari YeI mamlakatlarini chegarani tezroq ochishga chaqirdi

Sharl Mishel chegaralarni ochish iqtisodiyot va turizm uchun zarur ekanligini ta'kidladi.

Foto: Reuters

Yevroittifoqqa a'zo davlatlar o‘z chegaralarini iloji boricha tezroq ochishi kerak. Bu haqda Yevrokengash rahbari Sharl Mishel Yevroparlamentning plenar yig‘ilishida aytdi.

"Zarur ehtiyot choralarini ko‘rgan holda Yevropa chegaralarini imkon boricha tezroq ochish kerak", - dedi u.

Mishel chegaralarni ochish iqtisodiyot va turizm uchun zarur ekanligini ta'kidladi.

"A'zo davlatlar Yevrokomissiya taqdim etgan takliflar ustida hamkorlikda ishlashi hamda iqtisodiyotimiz va turizm uchun zarur bo‘lgan ochilish yo‘nalishida olg‘a harakatlanishi kerak", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Avvalroq Yevrokomissiya Shengen hududi mamlakatlariga YeIga uchinchi davlatlardan kirishga qo‘yilgan taqiqni yana 30 kunga, 15 iyungacha uzaytirishni tavsiya qilgandi.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top