08:57 / 14.05.2020
5331

DYHXX xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish taklif etildi

IIV DYHXX tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan elektron tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish taklif qilinmoqda.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan elektron tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish haqida petitsiya joylashtirildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Toshkent shahrida DYHXX karantin holati sababli vaqtincha ishlamay turganligi aholi o‘rtasida juda ko‘p muammolarni yuzaga keltirmoqda. 

“Shu sababli, DYHXXga bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni elektron tarzda amalga oshirish yoki qisqa raqam xizmati orqali qabul uchun navbatga yozilish tartibini joriy etish kerak. Bu fuqarolarning, ayniqsa, tadbirkorlarning sarson bo‘lishi kabi holatlarning oldini oladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan elektron tarzda foydalanish imkoniyatini yaratish taklif qilingan.

Top