08:26 / 14.05.2020
19855
Karantin vaqtida ishga tushgan salonlar va sartaroshxonalar qanday talablarga amal qilishi kerakligi aytildi

Navbat to‘plamaslik kerak. Mijozlar belgilangan vaqtda qabulga yozilib, kelishlari lozim.

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Go‘zallik salonlari ishga tushdi. Ular uchun qanday ehtiyot choralarini qo‘llash belgilangan?

Internetda SES xodimlari salonlarga borib, sanitariya qoidalariga rioya qilinmayotgani uchun jarima solayotgani haqida o‘qiyapman. Qanday sanitariya qoidalari haqida so‘z ketyapti?

Masterda nechtadan bir martalik kiyim bo‘lishi lozim?

Har bir mijoz qabulidan so‘ng bir martalik kiyimni almashtirish majburiymi?

Qanday jarimalar belgilangan?

Tasdiqlangan "Sanitariya qoida va me'yorlari" talablarida hammasi batafsil keltirilgan.

Asosiysi, navbat to‘plamaslik kerak. Mijozlar belgilangan vaqtda qabulga yozilib, kelishlari lozim.

Asosiy tamoyil "Bitta master — bitta mijoz". Masterning xalat yoki tibbiyot formasida bo‘lishi yetarli.

Niqob, ko‘zoynak va qo‘lqop — majburiy.

Har bir mijoz qabulidan so‘ng ish o‘rnini dezinfeksiyalash zarur. Har 2-3 soatda niqob almashtiriladi. Sochiqlar bir martalik yoki mijoz o‘zi bilan olib kelgan bo‘lishi lozim.

Uskunalar dezinfeksiyalanadi.

Binoni o‘z vaqtida shamollatish kerak.

Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik belgilangan tartibda jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi.

Qachon boshqa profillar bo‘yicha tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi — ginekolog, endokrinolog, stomatolog, kardiolog? Yil davomida bitta odamda davolanib yurgan bemorlar bor, tibbiy muassasalarning barchasiga ruxsat berish vaqti kelmadimi?

Savolda qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘ycha ixtisoslashgan markazlar va ilmiy tekshirish institutlari, klinikalar o‘z ishini davom ettirib kelmoqda.

Jumladan, akusherlik va ginekologiya markazi, perinatal markazlar, tug‘ruq komplekslar, onkologiya, kardiologiya, endokrinologiya, travmatologiya va ortopediya markazlari, ko‘z kasalliklari va boshqa klinikalar, stomatologiya yordam ko‘rsatish muassasalari ham ishlab turibdi.

Ayrim xususiy klinikalar karantin davrida ishlagani yo‘q, lekin karantin choralari yumshatilishi bilan ularning ham faoliyati davom ettiriladi.

Eng asosiysi — yillar davomida nasliy kasallarni kuzatuvda ushlab turgan oilaviy poliklinikalar o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. 

Xususiy jarrohlik klinikasi rahbariman. Sog‘liqni saqlash vazirligining hozirgi vaziyatda shifokorlar (jarroh, terapevt va boshqalar) bemorlarni qanday qabul qilishlari to‘g‘risida buyrug‘i bormi?

Shifokor rejali operatsiyadan oldin bemorni ko‘rish vaqtida ShHV (shaxsiy himoya vositasi)ni kiyishi, bemor koronavirusga tahlil topshirishi shartmi?

O‘zbekistonda SanPiN, shuningdek, COVID-19 sharoitida ishlarni tashkil etish uchun vaqtinchalik me'yor va qoidalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Davolash muassasalarida shifokorlar ShHV kiyishlari shart, chunki shoshilinch, tez yordam mashinasida keltirilgan, shuningdek, o‘zi kelgan bemorlarni qabul qilishda — infeksiya yuqtirgan ehtimoli bilan yondashish zarur.

Rejali qabul muassasalarida bemorlarni oddiy tibbiyot formasida polimeraz-zanjirli reaksiya tahlili bilan qabul qilishni tashkillashtirish mumkin, biroq niqob, qo‘lqop va ko‘zoynak bo‘lishi shart.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top