00:04 / 14.05.2020
16940
Koronavirusdan o‘lim darajasining yuqoriligi sababi ma'lum qilindi 

Koronavirus inson organizmiga soluvchi asosiy xavf immun hujayralarining nazoratsiz faollashuvi hisoblanadi.

Bu haqda Frontiers in Public Health nashrida chop etilgan tadqiqotda ma'lum qilingan.

Xitoylik mutaxassislarning fikricha, kasallanish vaqtida oqsillardan biri alveolyar epiteliy hujayrasiga kirib, tsitokin dovuli deb ataluvchi jarayonni keltirib chiqaradi. Bunda yallig‘lanish o‘chog‘ida immun hujayralar nazoratsiz faollashadi. Olimlarning ta'kidlashicha, koronavirusdan o‘lim darajasining yuqoriligi aynan shu omil bilan bog‘langan.   

Og‘ir holatlarda bunday reaksiya o‘pkaning zararlanishiga va boshqa organlarning shikastlanishiga olib keluvchi septik shokka olib kelishi mumkin. 

Tadqiqot mualliflari misol tariqasida statistik ma'lumotlarni keltirib o‘tishgan. Ularga ko‘ra, koronavirusga chalingan og‘ir bemorlarning 67,3 foizida o‘tkir respirator distress-sindrom, 29 foizida buyrak yoki jigarning o‘tkir shikastlanishi, 23,1 foizida esa yurak zararlanishi rivojlanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top