13:36 / 14.05.2020
30161
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2100dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Samarqanddagi tibbiyot muassasalaridan koronavirusga chalingan 59 nafar bemor tuzalib chiqqani va jami tuzalganlar soni 2136 nafarga yetgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 21 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 3 nafari Tojikiston Respublikasidan, 2 nafari Qozog‘iston Respublikasidan va yana 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng keksasi 56 yosh, eng kichigi 13 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 18 nafari xorijdan kelgan, jumladan, 7 nafari Tojikiston Respublikasidan, 3 nafari Qozog‘iston Respublikasidan va 1 nafari Rossiyadan, shuningdek, yana 7 nafari Dubay-Toshkent charter reysi orqali kelib,  karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 15 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq.

  • Toshkent shahrida shu paytga qadar 635 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 668 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqandan viloyatidan (Samarqand shahri, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridan 7 nafardan, Ishtixon va Payariq tumanlaridan 2 nafardan, Samarqand tumanidan 1 nafari) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 8 nafari erkak, 18 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

  • Viloyatda shu paytga qadar 103 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 129 nafarga yetdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda bugun kunning birinchi yarmida jami 60 nafar bemor tuzaldi.

  • Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2136 nafarni tashkil etmoqda.
  • 14 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 2620 holat qayd etilgan, shu vaqtgacha tuzalib chiqqan va vafot etganlardan (11 kishi) yana 473 kishi davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top