18:18 / 14.05.2020
5447
Rossiyaning koronavirusga chalingan to‘rtinchi vaziri kasallikdan tuzaldi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov va davlat dumasining bir necha deputatlarida ham koronavirus aniqlangan.

Valeriy Falkov / Foto: TASS

Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri Valeriy Falkov koronavirusdan sog‘aydi va ishga qaytmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.

Falkov Rossiya hukumatining COVID-19 aniqlangan to‘rtinchi vaziri bo‘lgandi. Avvalroq bosh vazir Mixail Mishustin, qurilish vaziri Vladimir Yakushev va madaniyat vaziri Olga Lyubimova koronavirus yuqtirgandi. 

Shuningdek, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov va davlat dumasining bir necha deputatlarida ham koronavirus aniqlangan. Peskov o‘ziga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilganini ma'lum qilgan.

Olga Lyubimova 14 may kuni koronavirusdan tuzalib ishga qaytayotganini xabar qildi. 

Mixail Mishustin esa yaqin kunlarda ishga qaytishi kutilmoqda. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 252 mingdan oshgan, 2,3 ming kishi kasallikdan vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top