21:38 / 14.05.2020
28479
Vodiy viloyatlarida zilzila kuzatildi

Toshkent vaqti bilan soat 21:16da O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezildi.

Zilzila koordinatalari: 41,26 gradus shimoliy kenglik; 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Zilzilaning magnitudasi 4,3 ballni tashkil qilgan. Chuqurlik 14 kilometr, episentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 197 kilometrni tashkil qiladi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi Namangan viloyatida 4 ball (30 kilometr), Anijonda 3 ball (84 kilometr) va Farg‘onada 2 ballni (99 kilometr) tashkil qilgan.

Toshkentdagilar 2 ballik yer silkinishini sezishgan.

14 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:09da Xitoydagi yer silkinishi kuchi O‘zbekistonda ham sezilgan, vodiy viloyatlarida 2 ballik zilzila qayd etilgandi.

Top