21:27 / 15.05.2020
6195

Filippinga kelgan to‘fon 140 mingdan ko‘proq kishining evakuatsiya qilinishiga olib keldi

Filippinga joriy yildagi ilk to‘fon - “Vongfong”ning yopirilishi 140 mingdan ko‘proq odamning evakuatsiya qilinishiga olib keldi. Tabiiy ofatning asosiy zarbasi mamlakat markazida joylashgan Samar oroliga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Getty Images / AFP

“To‘fon o‘n millionlab filippinliklar koronavirus sababli uylarida qolayotganlarida yopirildi. Kamida 141 ming kishi kuchli to‘fon sababli uylarini tark etishlariga to‘g‘ri keldi”, deyilgan xabarda.

Kuchli shamol uylar tomini uchirib ketgan, kuchli yomg‘irlar sababli yo‘llar suv ostida qolgan. Evakuatsiya qilinganlarning vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilishi koronavirus epidemiyasi davom etayotgan sharoitda o‘tkazilmoqda. Asosiy muammo shundaki, avval yomon ob-havo sharoitidan jabrlanganlar uchun qo‘llangan bu boshpanalar karantinga moslashtirilgan. 

Mahalliy ob-havo mutaxassislarining ma'lumotlariga ko‘ra, to‘fon poytaxt Manila yonidan o‘tib, keyinroq tropik dovulgacha pasayadi.

Mavzuga oid
Top