00:35 / 15.05.2020
31517
Olimlar koronavirus havoda qancha qolishi mumkinligini aniqlashdi

Amerikalik olimlar koronavirusga chalingan odam gapirganda uning og‘zidan chiqqan va koronavirus saqlagan tomchi zarralari havoda 14 daqiqagacha qolishi mumkinligini aniqlashdi.

Foto: REUTERS / Mykola Tys

Bu haqda PNAS nashri xabar berdi.

Tadqiqot shu tariqa o‘tkazilgan: ko‘ngillilardan u yoki bu jumlalarni aytish so‘ralgan va bu vaqtda maxsus lazerlar bilan ular og‘zidan chiqqan mikrotomchilar havoda qancha uzoq qolishi o‘lchangan.

Aniqlanishicha, baland tovush bilan bir daqiqa davomida gapirganda bunday tomchilardan kamida ming dona hosil bo‘lib, ular havoda o‘rtacha 8 daqiqa, ba'zi holatlarda esa 14 daqiqagacha saqlanib qolar ekan.

Ta'kidlash joiz, tadqiqotda havo harakati, harorat o‘zgarishi va boshqa omillar hisobga olinmagan.

Biroq virusning havoda bir necha daqiqaga qolishi mumkinligining o‘zi himoya niqoblari taqib yurish kerakligi foydasiga jiddiy asos hisoblanadi. 

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top