10:01 / 15.05.2020
28895
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2652taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 7 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 15 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

7 nafar yangi kasallanish holatining 3 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan 3 nafar fuqaro 9 va 13 may kunlarida Tojikistondan kelgan va karantinga olingan.

14 may kuni O‘zbekistonda jami 33ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 60 nafar bemor tuzaldi.

  • Shu vaqtgacha 2136 kishi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 505 bemor davolanmoqda va ularning 8 nafari og‘ir ahvolda.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma'lum qilishicha, Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tyapti. Ularning 15 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 31 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Shuningdek, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 460 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi. Kechagi kunning o‘zida 14,7 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top