13:19 / 15.05.2020
15365

«O‘zbekneftgaz»da yangi tayinlov amalga oshirildi 

“O‘zbekneftgaz”da rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

"O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan Xushnudjon Abdurahmonovich Mahmudov Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Xushnudjon Mahmudov mehnat faoliyati davomida bank va Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Turkiyaning O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyasi va Chexiya davlati bilan hamkorlikdagi qo‘shma korxonada biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejyeri bo‘lib ishlagan, deyiladi “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabarida. 

Top