18:24 / 15.05.2020
7337
Samarqandda 15 kishi tuzaldi, Qoraqalpog‘istonda 8 bemor qoldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand va Qoraqalpog‘istonda 17 nafar bemor sog‘aygani to‘g‘risida xabar berdi.

Samarqand viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Samarqand shahridan, 4 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 1 nafardan esa Payariq va Ishtixon tumanlaridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 6 nafari erkak, 9 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 11 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 129 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 144 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda.

  • So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2652taga yetgan. O‘tgan vaqt mobaynida 2158 kishi sog‘aygan, 11 kishi vafot etgan, 483 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafari og‘ir ahvolda.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top