09:56 / 15.05.2020
42458
Sirdaryoda o‘z farzandini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Joriy yilning 5 may kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, "Laylakko‘l" mahallasida fuqaro E.Sh. chaqalog‘ini fuqaro R.G.ga 10 200 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan.

Foto: IIV axborot xizmati

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda E.Sh. Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Voqea joyida gumonlanuvchidan 10 200 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.  

Mazkur holatga ko‘ra, fuqaro E.Sh.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top