08:19 / 15.05.2020
57906
Versal to‘yxonasi sotuvga qo‘yildi

Restoran umumiy maydoni 0,3357 ga.ni egallagan.

Toshkentdagi «Versal» restorani sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Auksion 2020 yilning 15 iyun kuni o‘tkaziladi. Baholangan narxi - 34 641 811 737.00, zakalat puli miqdori (5 foiz) - 1 732 090 586.85.

Restoran umumiy maydoni 0,3357 ga.ni egallagan, shu jumladan qurilish maydoni (kv.m) - 6585. Faoliyat turi - to‘yxona, restoran, xizmat ko‘rsatish.

Ushbu xizmat ko‘rsatish obekti O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga qarashli sanaladi.

Top