16:18 / 16.05.2020
13521

Eronda fransiyalik olima 5 yilga qamaldi

Yanvarda Eron adliya organlari Fariba Odilhadan josuslik bo‘yicha ayblovni olib tashlagandi. Eronda josuslik uchun o‘lim jazosi beriladi.

Foto: AFP

Eronda Fransiya va Eron fuqarosi Fariba Odilha besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tehron sudi uni "milliy xavfsizlikka qarshi fitna"da aybdor deb topdi. Bu haqda uning advokati Said Degxon ma'lum qildi.

"Islom Respublikasiga qarshi targ‘ibot"da ayblangan Parij politexnik tadqiqotlar institutining antropolog-olimi esa bir yilga ozodlikdan mahrum etildi.  

Odilha va uning hamkasbi, fransiyalik sotsiolog Rolan Marshal Tehronda o‘tgan yilning iyunida qo‘lga olingandi. Fariba Odilha ikki mamlakat Eron va Fransiya fuqaroligiga ega. Eron ikki fuqarolikni tan olmaydi.

Yanvarda Eron adliya organlari Odilhadan josuslik bo‘yicha ayblovni olib tashlagandi. Eronda josuslik uchun o‘lim jazosi beriladi.

Rolan Marshal mart oyida ozodlikka chiqarilgan va Fransiyaga qaytgan. Eron tomonining ma'lum qilishicha, u mahbuslarni almashtirish doirasida ozod etilgan.

Top