15:14 / 16.05.2020
6048
Italiya chegaralarini qachondan ochishini ma'lum qildi

Italiyadagi regionlar cheklovlarni tezroq olib tashlashni so‘ragandi, ammo bosh vazir Juzeppe Konte oddiy hayotga bosqichma-bosqich qaytish kerakligini aytdi.

Foto: PA Images/Scanpix

Italiya hukumati 3 iyundan mamlakatga kirish va chiqishdagi barcha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Italiya OAV xabar bermoqda. 

Shuningdek, 3 iyundan mamlakat ichida erkin harakatlanishga ruxsat beriladi. Italiyadagi regionlar cheklovlarni tezroq olib tashlashni so‘ragandi, ammo bosh vazir Juzeppe Konte ikkinchi to‘lqin yuzaga kelishining oldini olish maqsadida oddiy hayotga bosqichma-bosqich qaytish kerakligini aytdi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 223,8 mingdan oshgan, 31,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

13 may kuni Yevrokomissiya YeI va Shengen hududi davlatlariga ushbu mamlakatlar aholisining ittifoq hududida harakatlanishiga qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni tavsiya qildi.  

Yevropada birinchi bo‘lib Boltiq davlatlari o‘zaro chegaralarni ochishga kelishib oldi. 15 maydan Estoniya, Latviya va Litva aholisi uchala davlat hududida bemalol harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top