16:20 / 16.05.2020
45759
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2700dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 28 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

 “2020 yil 16 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2719 nafarni tashkil qilmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

16 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 2691 nafarni tashkil qilgandi.

Ayni vaqtda koronavirusdan tuzalganlar soni 2195 kishini tashkil qilmoqda, 513 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top