16:13 / 16.05.2020
25263
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2200ga yaqinlashdi

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2195 nafarni tashkil etmoqda.

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning barchasi Toshkent shahridan va koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 1 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 31 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Qolgan  20 nafar fuqaro esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ulardan 21 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 682 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 709 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2195 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top