10:04 / 16.05.2020
37956
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2691taga yetdi

2020 yil 16 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2691 (+5) nafarni tashkil qilmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari xorijdan kelgan fuqaroda aniqlangan. U xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, shu yil 14 may kuni Rossiyadan kelgan. Shuningdek, kasallik 4 nafar oldindan karantinda bo‘lgan navoiylik fuqaroda aniqlangan

Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. 

O‘zbekistonda bugungi kunda 522 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top