10:06 / 16.05.2020
23717
O‘zbekistonda tabiiy monopoliya sub'yektlari ro‘yxati e'lon qilindi

Tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 136 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestridagi korxonalar ro‘yxatini e'lon qildi.

2020 yil 1 aprel holatiga tabiiy monopoliya sub'yektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 136 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yekt ro‘yxatga olingan.

Reyestrning respublika bo‘limiga «Urgenchtransgaz» UK, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘ztransgaz» AJ, «Hududgazta'minot» AJ, «Maxsusenergogaz» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, «Tuyamuyun-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «Tuyamuyun-Urgench mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «Toshkent viloyati Chimgan-Chorbog‘ rekratsion hududiy mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi» DUK, «O‘zaeronavigatsiya» DUK kirgan.

Reyestrning Toshkent shahri hududiy bo‘limi ro‘yxatidan «Toshisiqquvvati» DUK, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UK, «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» DUK, «Toshkent mexanika zavodi» AJ, «Zenit» MChJ, «Fayz» MChJ, «Toshkentdonmahsulotlari» AJ, «Toshkent issiqlik markazi» DUK, «Podemnik» AJ, «O‘zelektroapparat-Elektrosheld» MChJ, «SOUTH-WEST TERMINAL» MChJ, «ATM LOGISTIK» MChJ, «Suvsoz» DUK, «Toshkent suv ta'minoti» UK, «ROSINFORMSERVIS» ShK va «Toshkent devor panellari zavodi» MChJ joy olgan.

Top