12:29 / 16.05.2020
1477
Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12ta aholi punktida elektr ta'minoti to‘liq tiklandi 

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarining 12ta aholi punktida elektr ta'minoti to‘liq tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar 3 dona podstansiya, 92 dona transformator punkti va 273,0 km elektr uzatish tarmoqlarida (4 963 ta elektr ustunlar) ta'mirlash tiklash ishlari olib borilib, to‘liq ishga tushirildi. 

Natijada, 7 987 ta elektr ta'minoti uzilgan aholi xonadonlaridan (suv yetib bormagan hududlar aholisini xavfsizlik uchun elektr ta'minotidan uzib qo‘yilganlar bilan 12 000 dan ortiq) 7 987 tasi ham elektr energiya bilan ta'minlandi.

Suv toshqini natijasida talafot ko‘rgan 12 ta aholi punktida elektr uskunalarga zarar yetgandi. Bugungi kunda mazkur 12 ta aholi punkti barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlandi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top