14:07 / 16.05.2020
35612
«Sardoba»dagi fojia oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi bedarak yo‘qolgan

Bugun, 16 may kuni, Sirdaryoda Xalqaro press klub sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Komiljon Saidjonov Sardoba texnogen falokati oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar sonini ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, «Sardoba» suv omboridagi falokat oqibatida jami 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan (2 nafar ayol, 4 nafar erkak). Bir nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan.

Ma'lumot uchun, 1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqqandi. Texnogen halokat oqibatida viloyatning Mirzobod, Oqoltin va Sardoba tumanlari hududlari jiddiy zarar ko‘rgan va aholi o‘sha kunning o‘zida xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingandi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top