12:50 / 16.05.2020
15431

Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘ taqsimoti ma'lum qilindi

Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m xarajat qilinishi rejalashtirilgan.

Foto: KUN.UZ

“Yuksalish” umummilliy harakati ma'lumotlariga ko‘ra, ajratilgan jami mablag‘dan 68 mlrd so‘m elektr tarmoqlari, 22 mlrd so‘m tabiiy gaz tarmoqlari, 13 mlrd so‘m aloqa va kommunikatsiya tizimlari, 100 mlrd so‘m irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, 390 mlrd so‘m yo‘llar va ko‘priklar, 163 mlrd so‘m ichimlik suvi tarmoqlari, 1 mlrd so‘m aholi hujjatlarini tiklash uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ijtimoiy soha obektlari (34+3ta) uchun 85 mlrd so‘m, zararlangan 1773ta xonadonni ta'mirlash uchun 123 mlrd so‘m ajratiladi.  

Shuningdek, mablag‘ taqsimotida 3ta yangi uy-joy massivi qurilishi (66ta uy, 1ta maktab, 1ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 1ta maktabgacha ta'lim muassasasi) ham mavjud.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top